«ZERON INVEST» mas'uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o'rinlarda — «Sotuvchi») ushbu ommaviy oferta orqali jismoniy shaxslarga (keyingi o'rinlarda — «Xaridor») mobil qurilmalarni (keyingi o'rinlarda — «Mahsulot»), shu jumladan to'lovni bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan sotib olishni taklif etadi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Oferta O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, «Elektron tijorat to'g'risida»gi va «Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq tuzilgan.
1.2. Har bir xarid tomonlar o'rtasida tuziladigan oldi-sotdi shartnomasi (keyingi o'rinlarda — «Shartnoma») va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Oferta va Shartnoma o'rtasida farq bo'lgan taqdirda Shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
1.3. Shartnomani imzolash yoki boshlang'ich to'lovni (Mahsulotning to'liq narxini) to'lash ofertaning to'liq va so'zsiz aksepti hisoblanadi.
1.4. Xaridor 18 yoshga to'lgan, muomalaga layoqatli O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi lozim.
1.5. Sotuvchi ofertaga o'zgartirish kiritishga haqli. O'zgartirishlar e'lon qilingan kundan kuchga kiradi va ilgari tuzilgan Shartnomalarga tatbiq etilmaydi.
2. Narx va to'lov tartibi
2.1. Mahsulotning nomi, IMEI kodi va narxi Shartnoma hamda dalolatnomada ko'rsatiladi. Narx Shartnoma tuzilgan kunda Sotuvchida amalda bo'lgan narxlar asosida belgilanadi va keyinchalik o'zgarmaydi.
2.2. Bo'lib-bo'lib to'lashda Xaridor boshlang'ich to'lovni Shartnoma tuzilgan kuni, qolgan summani esa Shartnomadagi to'lov jadvaliga muvofiq har oy to'laydi. Shartnomada ko'rsatilgan umumiy summadan tashqari qo'shimcha foiz yoki komissiya undirilmaydi.
2.3. Xaridor qarzni istalgan vaqtda to'liq yoki qisman muddatidan oldin jarimasiz to'lashga haqli.
2.4. To'lov naqd pul, bank kartasi, Payme va Click to'lov tizimlari yoki Sotuvchining hisob raqamiga bank o'tkazmasi orqali amalga oshiriladi. Bank o'tkazmasi xarajatlari Xaridor zimmasida bo'ladi.
2.5. Xaridorning roziligi bilan to'lovlar u bog'lagan bank kartasidan to'lov jadvaliga muvofiq avtomatik yechib olinishi mumkin. Har bir yechib olish haqida Xaridor SMS-xabar orqali xabardor qilinadi. Qarz to'liq to'langanidan so'ng avtomatik yechib olish to'xtatiladi.
2.6. Mahsulot to'liq to'languniga qadar Sotuvchida garovda bo'ladi. Mahsulotning zavod qutisi to'liq to'lovgacha Sotuvchida saqlanadi va barcha to'lovlar amalga oshirilgach Xaridorga topshiriladi.
3. Mahsulotni topshirish va kafolat
3.1. Mahsulot Shartnoma tuzilgan kuni Sotuvchi ofisida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshiriladi. Xaridor dalolatnomani imzolashdan oldin Mahsulotni tekshiradi.
3.2. Mahsulotning tasodifan nobud bo'lishi yoki shikastlanishi xavfi dalolatnoma imzolangan paytdan boshlab Xaridorga o'tadi.
3.3. Yangi Mahsulotga ishlab chiqaruvchining kafolati amal qiladi. Ishlatilgan Mahsulotga Sotuvchi kafolat bermaydi; uning holati dalolatnomada qayd etiladi va Xaridor uni topshirish vaqtida tekshirib oladi.
3.4. Mahsulotni almashtirish, qaytarish va pul mablag'larini qaytarish tartibi Sotuvchining Qaytarish va almashtirish siyosati bilan belgilanadi. Siyosat ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.
4. Tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi
4.1. Sotuvchi sifatli Mahsulotni topshirishi, Shartnoma va to'lovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi hamda to'lov muddatlari haqida Xaridorni xabardor qilib borishi shart.
4.2. Xaridor to'lovlarni jadvalga muvofiq o'z vaqtida amalga oshirishi, telefon raqami yoki manzili o'zgarganda 3 kun ichida Sotuvchini xabardor qilishi va to'liq to'lovgacha Mahsulotni Sotuvchining yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi shart.
4.3. To'lov jadvalini buzganlik uchun Xaridorga jarima yoki penya hisoblanmaydi.
4.4. To'lov 3 (uch) kundan ortiq kechiktirilganda Sotuvchi qarz to'languniga qadar qurilmani iCloud orqali cheklashga haqli. iCloud hisobi bloklanganda qurilmadagi ma'lumotlar o'chib ketishi mumkin; ma'lumotlarning zaxira nusxasini saqlash Xaridorning zimmasida.
4.5. To'lovlar ketma-ket 2 (ikki) oydan ortiq (60 kundan ortiq) amalga oshirilmasa, Sotuvchi Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga, qolgan qarzni muddatidan oldin undirishga (shu jumladan notariusning ijro xati yoki sud tartibida) yoxud Mahsulotni qaytarib olishga haqli.
4.6. Tomonlar yengib bo'lmas kuch holatlari (fors-major) natijasida majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
5. To'lovga qodir bo'lmagan holatda: nasiyani naqdga aylantirish
5.1. Xaridor to'lov jadvali bo'yicha to'lovlarni davom ettirishga qodir bo'lmagan taqdirda, Xaridorning murojaatiga ko'ra va Tomonlarning kelishuvi bilan Shartnoma bo'yicha bo'lib-bo'lib to'lash naqd hisob-kitobga aylantirilishi mumkin (keyingi o'rinlarda — «nasiyani naqdga aylantirish»).
5.2. Nasiyani naqdga aylantirishda Xaridor Mahsulotni Sotuvchiga qaytaradi. Qaytarilgan Mahsulot qaytarilgan kundagi bozor qiymati bo'yicha baholanadi.
5.3. Sotuvchida qoladigan summa Mahsulotning tannarxi, Sotuvchining Mahsulot bilan bog'liq xarajatlari hamda Mahsulotdan foydalanilgan har bir to'liq oy uchun hisoblanadigan ustamadan iborat bo'ladi. Bir oylik ustama Shartnoma bo'yicha umumiy ustamaning Shartnoma muddatiga (oylar soniga) bo'linganiga teng.
5.4. Sotuvchida qoladigan summadan Xaridor Shartnoma bo'yicha to'lagan summalar (boshlang'ich to'lov va oylik to'lovlar) ayiriladi. Hosil bo'lgan farq qaytarilgan Mahsulotning qiymatidan ushlab qolinadi, Mahsulot qiymatining qolgan qismi esa Xaridorga qaytariladi. Mahsulot qiymati farqdan kam bo'lgan taqdirda yetishmayotgan qismini Xaridor to'laydi.
5.5. Hisob-kitob amalga oshirilgach, to'lov jadvali bo'yicha qolgan qarzning hisob-kitobdan ortiq qismi Xaridordan undirilmaydi va Shartnoma yopiladi.
5.6. Nasiyani naqdga aylantirish faqat amaldagi Shartnoma bo'yicha, Tomonlar hisob-kitobni tasdiqlaganidan so'ng amalga oshiriladi. Xaridor to'lagan summa Sotuvchida qoladigan summadan ortiq bo'lsa yoki hisob-kitob natijasi to'lov jadvali bo'yicha qolgan qarzdan oshsa, nasiyani naqdga aylantirish qo'llanilmaydi va Tomonlar Shartnoma hamda qonunchilikka muvofiq hisob-kitob qiladi.
5.7. Nasiyani naqdga aylantirish Sotuvchining ofertaning 4.4 va 4.5-bandlarida nazarda tutilgan huquqlarini cheklamaydi.
6. Shaxsiy ma'lumotlar va nizolarni hal qilish
6.1. Ofertani aksept qilish orqali Xaridor o'z shaxsiy ma'lumotlarini Maxfiylik siyosatiga muvofiq qayta ishlashga, shu jumladan kredit tarixi to'g'risidagi ma'lumotlarni olishga rozilik beradi.
6.2. Nizolar muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda tomonlar notariusga yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Sotuvchi joylashgan joydagi sudga murojaat qilishga haqli.
7. Sotuvchining rekvizitlari
Nomi: «ZERON INVEST» mas'uliyati cheklangan jamiyati
STIR: 313175004
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Turkqo'rg'on MFY, Kichik halqa avtomobil yo'li ko'chasi, 36-uy, 18-xonadon
Hisob raqam: 2020 8000 7075 0387 1002, ATIB «Kapitalbank», MFO 01158
Telefon: +998 70 120 88 88
Email: info@zeroninvest.uz